Assalomu alaykum, Deling Food kompaniyasini aziz kuzatuvchilari va mijozlari!
Yaqinda men Sochi shahrida o’tkazilgan tayyor taomlar bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdim va bu yerda olingan tajribalar bizning faoliyatimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Konferensiyada tayyor taomlar bozorining eng dolzarb mavzulari muhokama qilindi.
Birinchi navbatda
Birinchi navbatda, sog‘lom ovqatlanish masalasi alohida ta’kidlandi. Bugungi kunda iste’molchilar tabiiy, balanslangan va ortiqcha qo‘shimchalarsiz mahsulotlarni afzal ko‘rmoqda. Bu biz uchun ham asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Ikkinchi muhim jihat — qadoqlash texnologiyalari. Xususan, vakuum, MAP texnologiyasi va yuqori bosimda ishlov berish — ya’ni HPP usuli taomlarning xavfsizligini oshirish va ularning sifatini uzoq muddat saqlash imkonini beradi.
Shuningdek, konferensiyada sovuq zanjir logistikasi ham muhokama qilindi. Chunki tayyor taomning sifati va iste’molchi qo‘liga xavfsiz yetib borishi aynan to‘g‘ri saqlash va tashish tizimiga bog‘liq.
Deling Food kompaniyasi ham aynan shu yo‘nalishlarda faol ishlamoqda. Bizning asosiy maqsadimiz — zamonaviy texnologiyalar yordamida iste’molchiga xavfsiz, mazali va qulay ingredientlarni yetkazib berishdir.
Konferensiyada olgan bilimlarimiz bizni yanada yangi g‘oyalar va rejalar sari ilhomlantirdi.
Deling Food kompaniyasi sifat va yangilikdan voz kechmaydi, yaqin kelajakda sizni butunlay yangi assortimentdagi mahsulotlar bilan quvontiramiz.
Biz bilan birga bo‘ling, yangiliklarni kuzatib boring!